Business Quiz Uzbekistan: Biznes yetakchilari uchun yil tadbiri!
Sana: 2025-yil 26-iyun
Joy: “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ, 2-pavilon
Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Business Quiz Uzbekistan tadbiri mamlakatimiz tadbirkor va rahbarlari uchun muhim bosqichga aylanadi. Ushbu biznes-viktorinada O‘zbekistonning 300 dan ortiq yirik kompaniyalari hamda 3000 dan ziyod asoschilar, rahbarlar va top-menejerlar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu esa tadbirni mutlaqo noyob voqeaga aylantiradi.
Business Quiz Uzbekistan haqidagi asosiy faktlar:
- 300+ yirik kompaniyalar ishtiroki, jumladan OFB, Golden House, Medion, Uzbekinvest, Hilton, Uzum, Feed Up va Uztelecom kabi yetakchilar.
- 3000+ kvadrat metrli ko‘rgazma maydoni — tarmoq qurish va tajriba almashish uchun keng imkoniyat.
- Umumiy mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mdan oshiq, bu tadbirning nufuzini va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.
Business Quiz Uzbekistan — bu nafaqat bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish imkoniyati, balki kompaniyalar uchun kuchli jamoalarni shakllantirish, brendni logotip bilangina emas, balki yagona korporativ madaniyat orqali tanitish imkoniyatidir.
Tadbirda ishtirok etish kompaniyalarga quyidagilarni taqdim etadi:
- Raqobatbardosh ustunliklarni yaratish va rivojlantirish
- Turizm, bank ishi, umumiy ovqatlanish, aloqa, chakana savdo va tibbiyot sohalaridagi yetakchilar bilan muloqot qilish
- Yangi biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish
Biznes vakillari, davlat tashkilotlari va ta’lim muassasalari vakillarini ushbu yirik tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz.
Business Quiz Uzbekistan — bu o‘z salohiyatingizni namoyish etish, kompaniya obro‘sini oshirish va bozorning yetakchi ishtirokchilari bilan tajriba almashish uchun noyob imkoniyatdir.
Biznes vakillari, davlat tashkilotlari va ta`lim muassasalari vakillarini ushbu yirik tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz.