Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Aprel 2025

“Bank & Business Expo 2025” ko‘rgazmasi

2025-yil 16-apreldan 18-aprelgacha “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Bank & Business Expo 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi 1 va 2-sonli pavilonlarda joylashtirilgan.

Ko‘rgazmada 30 ta davlatdan 100 dan ortiq kompaniyalar tomonidan – banklar, investitsiya fondlari, fintex-kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida davlat va xususiy banklar vakillari, bank sohasining yetakchilari hamda fintex industriyasi rahbarlari ishtirokida panel munozaralari o‘tkaziladi. Bozorning yirik ishtirokchilari tomonidan amaliy tajribalar taqdim etiladi, B2B, B2G, G2G formatlarida muzokaralar, uchrashuvlar, shuningdek, hamkorlar taqdimotlari bo`lib o`tishi ham rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma tashkilotchisi – “Global Expo” kompaniyasi.

134 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech