Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Avgust 2025

“Automotive Tashkent 2025” Xalqaro ko‘rgazmasi

2025 yil 23–26 avgust kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ ko‘rgazma maydonlarida avtomobil va avtomexanikaga bag‘ishlangan “Automotive Tashkent 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada Stanley, AKOM, Castrol, Vikron, Bizon, Click, ADM, Carville, Autozip va boshqa 100 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi.

Milliy stendda Koreya kompaniyalari – avtomobil ehtiyot qismlari, akkumulatorlar, motor moylari, avtomobillarni yuvish uskunalari taqdim etiladi.

Ko‘rgazma doirasida avtoshou ham tashkil etiladi va tashrif buyuruvchilar uchun avtomobil xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, konferensiyalar, seminarlar, master-klasslar va B2B, B2C formatda uchrashuvlar tashkil etiladi.

Ko‘rgazma №1 va №2 pavilonlarda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma tashkilotchisi – “Automotive Exhibition” MChJ.

52 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech