Joriy yilning 6-8-oktabr kunlari “O`zekspomarkaz” MKK” Ajning 3,4-sonli pavilyonlari hamda Atrium 2 zalida “Aquatherm Tashkent 2026” 14-Xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.
Ko`rgazmada Belarus Respublikasi, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog`iston, Rossiya, Turkiya va O`zbekiston kabi 11 ta davlatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.
Ekspozitsiya doirasida sohaning quyidagi asosiy yo`nalishlari namoyish etiladi: isitish uskunalari, quvurlar va quvur armaturalari, fitinglar, suv ta`minoti va oqova suvlarni chiqarish uskunalari, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish jihozlari, nazorat o`lchov asboblari va avtomatlashtirish tizimlari, hamda santexnika uskunalari.
Uch kun davomida ko`rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar yangi mahsulotlar va texnologiyalar bilan tanishish, muhandislik tizimlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Ko`rgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko`rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.