Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Noyabr 2026

9-Xalqaro O'zbekiston Parrandachilar forumi

Xalqaro O'zbekiston Parrandachilar forumi — parrandachilik sohasidagi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, ekspertlar, olimlar, investorlar hamda yetakchi kompaniyalarni yagona maydonda birlashtiradigan nufuzli professional platforma.

Forum «Parrandasanoat» uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilib, yillar davomida O‘zbekiston parrandachilik tarmog‘ida tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni taqdim etish va yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Forumning maqsadi — parrandachilik sohasida ilm-fan, ishlab chiqarish va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajriba va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, investitsiyaviy va savdo aloqalarini kengaytirish hamda tarmoqning barqaror va raqobatbardosh rivojlanishiga ko‘maklashish.

9 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech