Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Oktyabr 2023

"To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Autumn 2023" 7-Xalqaro ko‘rgazmasi

"To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Autumn 2023" 7-Xalqaro ko‘rgazmasi 18 oktyabrdan boshlab 20 oktyabrga qadar «O‘zekspomarkaz» MKKning, 3, 4-pavilyonlarida va "ATRIUM 2" zalida o‘z ekspozitsiyasini yoydi.

UzTextileExpo o‘zining izchil rivojlanishida sanoatning zamonaviy tendensiyalariga amal qiladi, o‘zgarishlar va trendlarga o‘z vaqtida javob beradi, bu esa tadbir ishtirokchilari, xaridorlar va mutaxassislarning geografiyasining miqdoriy o‘sishi va kengayishiga ko‘maklashadi. "UzTextileExpo Autumn 2023" o‘z maydonida Belarus Respublikasi, Hindiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy kabi mamlakatlardan 180 dan ortiq kompaniya va brendlarni jamlamoqda.

Ko‘rgazma Toshkent to‘qimachilik haftaligining doimiy bosh voqeasi bo‘lib, ushbu mavsumda haftalik tarkibida "Brending maktabi" treninglari, "Better Vork" dasturining seminari, shuningdek, sertifikatlash va innovatsiyalar bo‘yicha seminarlar, B2B uchrashuvlari, ishlab chiqarish va biznes-turlar mavjud.

Ko‘rgazmani Itesa Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ISA Euratsia Group «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi huzuridagi To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi bilan hamkorlikda tashkil etadi.

1670 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech