Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Iyul 2023

22-Xalqaro umra va haj ziyorati turizmi forumi

2023-yilning 17-18 iyul kunlari “O‘zekspomarkaz” AJ ning 3-pavilonida 22-Xalqaro umra va haj ziyorati turizmi forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumda sayyohlik xizmatlari va tegishli mahsulotlarning keng doirasi namoyish etiladi. Tadbirda 100 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar, aviakompaniyalar va turizm biznesiga aloqador firmalar vakillari ishtirok etadi. Mazkur forum ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, sayyohlik biznesini kengaytirish, Umra ziyorati turizmi va xalqaro turizm sohasidagi innovatsiyalar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni almashish uchun platforma hisoblanadi.

Ko‘rgazma tashkilotchisi – TravelTalez PTE LTD.

Ko'rgazma 10:00 dan 18:00 gacha ochiq.

628 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech