Joriy yilning 27-29-oktabr kunlari “O`zekspomarkaz” MKK” AJda tog`-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik sanoatiga bag`ishlangan “MiningMetals Uzbekistan 2026” 20 - Yubiley Xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.
Mazkur yilgi ko`rgazmada 19 ta mamlakatdan 163 ta kompaniya va brend ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, laboratoriya tizimlari hamda sanoat uchun raqamli yechimlarni namoyish etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, sohani rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 8 - O`zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi - UIMF 2026 o‘tkazilmoqda.
Ushbu ko‘rgazma tajriba almashish, muzokaralar olib borish, yangi aloqalar o`rnatish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Tadbir tashkilotchilari — Iteca Exhibitions va ICA Eurasia Group.