Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Sentyabr 2025

“Plastex Uzbekistan 2025” – 15-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi

2025-yilning 23–25-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” Ajning  1,2,3,4- sonli pavilonlarida plastik sanoatiga bag‘ishlangan yirik tadbiri — “Plastex Uzbekistan 2025” 15-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko’rgazmada Germaniya, Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi.

Xitoy ishlab chiqaruvchilari milliy pavilyon doirasida plastik sanoatiga oid keng qamrovli yechimlarni namoyish etadilar. Jumladan: Ekstruziya liniyalari, termoplastavtomatlar, press-formalar va quyma uskunalari, qayta ishlash texnologiyalari, kimyoviy qo‘shimchalar, polimerlar, o‘rov materiallari hamda tayyor plastmassa mahsulotlar.

2-pavilonda robototexnika va avtomatlashtirishni ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiya qilishga xizmat qiluvchi sanoat liniyalari, alohida qurilmalar va qayta ishlash uskunalari namoyish etiladi. 1-pavilonda esa xomashyo va materiallar — polimerlar, neft-kimyo sanoati mahsulotlari, granula, superkontsentratlar, stabilizatorlar, PVX qo‘shimchalari, bo‘yoqlar, pigmentlar va kimyoviy reagentlar taqdim etiladi. 3 va 4-pavilonlarda tayyor plastmassa mahsulotlari, qadoqlash vositalari, PVX, PET va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlar, poligrafiya uskunalari taqdim etiladi.

Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston va mintaqa plastmassa sanoati sohasidagi yirik tadbirlaridan biri bo‘lib, soha mutaxassislari, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va investorlar uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.

Tashkilotchilar – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning doimiy hamkori ICA Eurasia Group.

27 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech