Ру Ўз O'z En

Ko‘rgazmalar rejasi

“InnoWeek.Uz” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

14 Noyabr - 16 Noyabr 2024

“O‘zekspomarkaz” MKK AJ pavilon № 1, 2 va atrium 1

Innovatsion rivojlanish agentligi

INNOWEEK.UZ innovatsion g‘oyalar haftaligi 2018 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda. Unda mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, xorijiy diplomatik missiyalar vakillari, tadbirkorlar, shuningdek, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda. O‘tgan yillar davomida haftalik doirasida hamkorlik bo‘yicha ko‘plab memorandumlar va bir qator muvaffaqiyatli sarmoyaviy shartnomalar imzolandi.

Haftalik mahalliy va xorijiy vakillarning turli biznes yo‘nalishlari uchun eng ilg‘or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar, loyihalar, prototiplar yoki modellarni namoyish etish va ilgari surish uchun ishonchli platformaga aylandi.
Haftalikdan ko‘zlangan maqsad Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, innovatsion rivojlanish sohasidagi yutuqlari va istiqbolli vazifalari yuzasidan xorijiy va mahalliy ekspert va tahlilchilar o‘rtasida fikr almashishdan iborat.

Kontaktlar:


Manzil:
100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy

Telefon:
+998712033200, +99871-203-32-23

Elektron pochta manzil:
info.innoweek.uz@gmail.com

Veb-sayt:
https://innoweek.uz/

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech