
"O‘zekspomarkaz" MKK" AJ Pavilonlar № 3, 4
O`zbekiston Respublikasi Bojxona qo`mitasi
Bojxona qo‘mitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Sizni respublikamizda ilk bor o‘tkazilayotgan “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusidagi "Uzbek Import Fair 2025" I-xalqaro ko‘rgazmaga taklif qiladi!
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish imkoniyati yuqori bo‘lgan, ammo eng ko‘p import qilinayotgan tovarlar namoyish qilinadi.
Ko‘rgazma o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi tadbirkorlarga ichki bozorda import tovarlariga nisbatan real ehtiyoj hajmi bilan tanishish orqali o‘z bizneslarini yanada kengaytirish imkonini beradi!
Shuningdek, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan ishtirokchilar nufuzli xorijiy brendlar va trans milliy kompaniyalar vakillari bilan B2B shaklidagi to‘g‘rida to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishlari mumkin.
Ko‘rgazmada taklif etilgan tijorat banklari esa import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z takliflari bilan ishtirok etishadi.
Ko‘rgazma doirasida sanoatning 24 ta sohasida ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahalliy kontentni rivojlantirish, bu boradagi muammolarni tizimli tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan panel sessiyalari tashkil qilinadi.
Mazkur sessiyalardagi muhokamalarda ilmiy qatlam va turli aql markazlari vakillari, xalqaro ekspertlar, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, tegishli mutaxassislari hamda yirik tadbirkorlar ishtirok etadi.
Ko‘rgazma 2025-yilning 7-9-oktabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma maydonining 3- va 4-pavilonlarida bo‘lib o‘tadi!
Ko‘rgazmada ishtirok eting va mahalliy kontent rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Telefon: 11-08 (Bojxona qo‘mitasining Call-markazi), +99890 176-33-99, +99893 001-50-09