Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Sentyabr 2025

O`zbekistonda Xitoy – Markaziy Osiyo savdo ko‘rgazmasi

2025-yil 16-sentabrdan 18-sentabrgacha “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda “Xitoy – Markaziy Osiyo Savdo Ko’rgazmasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari: intellektual ishlab chiqarish va sanoat uskunalari, yashil energetika va energiya saqlash tizimlari, elektron texnologiyalar, intellektual transport tizimlari, ekologik qurilish materiallari, shuningdek, raqamli savdo va xizmatlar.

Ishtirokchilar soni 200 ga yaqin yetakchi Xitoy kompaniyalarini tashkil etadi. Ular quyidagi mahsulotlarni taqdim etmoqda: intellektual yechimlar, displey mahsulotlari, zamonaviy yuk tashish texnikalari va intellektual kon qazish uskunalari, yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar, mexanik uskunalar, ekologik qishloq xo‘jaligi, maishiy elektronika va raqamli xizmatlar.

Shuningdek, innovatsion yo‘nalishlar ham namoyish etiladi – sensorli terminallar va robotlar, sun’iy intellekt (AI) asosidagi diagnostika va davolash tizimlari.

Ko‘rgazma doirasida Xitoy va O‘zbekistonning rasmiy idoralari, savdo-sanoat uyushmalari hamda kompaniyalari vakillari ishtirokida Savdo va investitsiyalar forumi bo‘lib o‘tadi.

Dastur doirasidagi biznes tadbirlaridan tashqari, tashrif buyuruvchilarni xattotlik (kaligrafiya) bo‘yicha mahorat darslari, an’anaviy choy marosimi, qog‘oz o‘ymakorligi san’ati va boshqa madaniy tadbirlar namoyish etiladi.

24 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech