Ру Ўз O'z En

Ko‘rgazmalar rejasi

“Konchilik, metallurgiya va metallga ishlov berish – MiningMetals Uzbekistan 2024” 18-xalqaro ko‘rgazmasi

22 Oktyabr - 24 Oktyabr 2024

“O‘zekspomarkaz” MKK AJ pavilon № 1, 2

ITECA EXHIBITIONS

“Tog‘-kon, metallurgiya va metallga ishlov berish – MiningMetals Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasi butun dunyodan tog‘-kon sanoati mutaxassislarini birlashtirgan, mustahkam milliy va xalqaro hamkorlikka yo‘l ochadigan professional maydondir.

16 yildan buyon MiningMetals Uzbekistan yuzlab ishtirokchi kompaniyalarni va minglab tashrif buyuruvchilarni – asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarini, kon-metallurgiya xoldinglari, ilmiy doiralar va davlat idoralari vakillarini birlashtirib kelmoqda. Ushbu tadbirda ishtirok etish yangi mahsulotlarni namoyish etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va raqobatchilar salohiyatini baholash, investor va hamkorlar topish, hamkasblar bilan tajriba almashish imkonini beradi. O‘tgan yillar davomida ko‘rgazma O‘zbekiston kon-metallurgiya majmuasi oldida turgan muammolarni hal etishda samarali biznes platforma ekanligini isbotladi.

Sohadagi yetakchi kompaniyalarning ishtiroki va yildan-yilga yangi ishtirokchilar soni ortib borayotgani tufayli ko‘rgazmaga tashrif buyurish bozordagi vaziyatni baholash, turli yetkazib beruvchilarning takliflarini solishtirish va sanoatning rivojlanish tendentsiyalari bilan tanishish imkonini beradi.

O'tgan yilgi ko'rgazma natijalariga ko'ra:

  • 100% ko'rgazmadagi ishtirokini biznes uchun muhim deb hisoblaydi;
    95% mavjud mijozlar va hamkorlar bilan uchrashdi;
    70% doimiy eksponentlar;
    Ishtirokchilarning 87 foizi yangi mijozlar va biznes sheriklarini topdi;
    Ko'rgazma ishtirokchilarining 92 foizi hamkasblari va hamkorlariga ko'rgazmada ishtirok etishni tavsiya qiladi.

 

Tashkilotchi: 

ITECA EXHIBITIONS

Anna Pereligina

Loyiha rahbari

Telefon: +99871 205-18-18

E-manzil: mining@iteca.uz

Veb sahifa: https://mining.uz/

Mehmonlarni ro'yxatdan o'tkazish havolasi: https://mining.uz/ru/posetit-vstavku

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech