Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Sentyabr 2024

Joriy yil 18-20 sentyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKK AJ da 16-chi Xalqaro UzMedExpo-2024 tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yil 18-20 sentyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKK AJ da 16-chi Xalqaro UzMedExpo-2024 tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Bu yillik tibbiyot ko'rgazmasi sohadagi ilg‘or texnologiyalar va so'nggi yutuqlarni namoyish etadi. Yillar davomida ko'rgazma, tibbiyot muassasalari xodimlari, olimlar, yetkazib beruvchilar, dilerlar va zamonaviy tibbiy texnika, asbob-uskunalar, dorilar va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o'rtasida tajriba almashish uchun eng mos joyga aylandi. Bu, sog'liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish dasturlarini amalga oshirishga yordam beradi.
2024 yilda ushbu tadbirda O'zbekiston, Afg'oniston, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozog'iston, Xitoy, Latviya, Janubiy Koreya, Rossiya va Turkiyadan 80 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi.

133 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech